Mening to'liq ismim Islom Isomiddinovich Mamatov. Men 1988-yil 3-noyabrda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug'ilganman. Millatim o'zbek. Men 1995-yil birinchi sinfga bordim. Maktabni 2004-yilda bitrib, o'sha yilda Samarqand sharidagi "Iqtsodiyot va servis" instituti qoshidagi litsey-internatga o'qishga kirdim. U yerni 2006-yilda bitirib, Intstitutga o'qishga topshirdim. Afsuski mendan omad yuz o'girdi. Ikkinchi yil ham o'qishga kirolmagach, 2007-yilda harbiy xizmatga yo'l oldim. 2008-yilda Farg'ona vodiysida xizmatimni a'lo darajada o'tab kelgach, bir yil davomida Oqdaryo tumanida bir necha tashkilotlarda Axborot Texnologiyalari mutaxasisi bo'lib ishladim. 2009-yil yozda Toshkent Axborot Texnologiyalar Unversitetining Samarqand filialiga o'qishga topshirib, to'lov shartnoma asosida o'qishga qabul qilindim. Hozirda mazkur dargohda ta'lim olmoqdaman. Kursdoshlarim juda yaxshi bolalar. Bizning guruhda hamma talaba harbiy xizmatni o'tab kelishgan.
Men bu blog orqali o'zimning izlanishlarim haqida xabardor qilib borishga harakat qilaman. Hozirda men mazkur saytni to'ldirsh bilan birga "Sphinks(voice recognisation)" dasturining o'zbekcha versiyasini yaratish haqida bosh qotirmoqdaman. Bu dastur haqida gapiradigan bo'lsam, bu dasturning yaratilshidan asosiy maqsad, kompyuter va boshqa ba'zi bir elektron mashinalarni boshqaruvini ovozli boshqaruvga o'tkazishdir. Masalan, siz ishdan qaytdingiz uyingizda chiroq o'chirilgan holatda siz qorong'uda chiroq tugmachasini qidirb yurmasdan, shunchaki, "Chiroq yon!" deb aytasiz va bir zumda xona yorishib ketadi. Yoki yana bir misol: Hozirda kompyuterlarga matnlarni klaviatura orqali qo'lda kiritamiz. Agar bu dasturni o'rnatsak, harf qidirib yurishga hojat qolmaydi, bor yo'g'i kompyuterga so'zlarni talaffuz qilib turamiz. Natijada kompyuter avtomatik tarzda harflarni ekranga chiqaradi. Menimcha bu dasturning kelajagi bor. Hozircha shu. Keyingi bloglarimni kuting.